Kontent qismiga oʻtish

Brno

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Brno

Brno- chex. Brno [ˈbr̩no], oldingi nomi olmoncha: Brünn — Bryun) — Chexiya Respublikasi janubidagi shahar.

BrnoChexiyadagi shahar, Janubiy Moraviya viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 398 ming kishidan ziyod (1990ylar urtalari). Transport yoʻllari tuguni. B.da, asosan, mashinasozlik sanoati rivojlangan. B. Chexiyaning yirik ilmiy va madaniy markazlaridan. Chexiya Fanlar akademiyasi filiali, unt, muzeylar (sanʼat, Moraviya muzeyi) va boshqa bor. Shaharda meʼmoriy yodgorliklardan Shpilberk kasri (13— XVIII asrlar), Gotika cherkovi, Eski ratusha (XIV—XVI asrlar), Yangi ratusha (16— 18alar) saqlangan. Oʻrmon parklari koʻp. 1805-yilda B.yonida Fransiya armiyasi bilan Rossiya va Avstriya qoʻshinlari oʻrtasida kattajang boʻlgan. Shaharga XI asrda asos solingan[1].

Kattaligi bo'yicha Chexiyada ikkinchi yirik shahar. Aholisi: 405,4 ming kishi. Maydoni: 230 km².

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil