Kontent qismiga oʻtish

Muhammad

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Muhammad
مُحَمَّد
Inscription proclaiming Muhammad as the messenger of God
„Muhammad Allohning elchisi“
Madinada joylashgan Al-Masjid an-Nabaviyning darvozasiga oʻyib ishlangan yozuv
Unvoni Islom dini paygʻambari, Allohning soʻnggi paygʻambari, Allohning elchisi
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi tax.570 (yoki 571) BE (53 HY)[1]
Vafoti 8-iyun 632-yil (11 HY) (61–62 yoshda)
Madina, Hijoz, Arabiston
Al-Masjid an-Nabaviydagi Al-Qubbah Al-Khaḍrāʾ (Yashil gumbaz)ga dafn etilgan

24°28′03″N 39°36′41″E / 24.46750°N 39.61139°E / 24.46750; 39.61139 (Green Dome)
Dini Islom
Turmush oʻrtoq(lar)i Qarang: Muhammadning ayollari
Farzandlari Qosim (598–601)
Zaynab (599–629)
Ruqayya (601–624)
Ummu Kulsum (603–630)
Fotima (605–632)
Abdulloh (611–615)
Ibrohim (630–632)
Qarang: Muhammadning farzandlari
Ota-onasi Abdulloh ibn Abdulmuttalib (otasi)
Omina binti Vahb (onasi)
Tanilgan sohasi Islom asoschisi
Boshqa nomlari
  • Rasūl Allāh (Allohning elchisi)
Taxallusi Abu al-Qosim, Abu at-Toyib
Kasbi Savdogarlik
Qarindoshlar Muhammadning shajara daraxti, Ahl ul-Bayt
Imzosi

Muhammad, Muhammad ibn Abdulloh (arabcha: مُحَمَّد بنِ عَبْد ٱللَّٰه; tax. 570/571-yil, Makka — 8-iyun 632-yil, Madina)[2][3] — islom dini va birinchi musulmonlar jamoasi asoschisi. Musulmonlar eʼtiqodiga koʻra, Allohning oxirgi paygʻambari va uning elchisi. Shu maʼnoda uni „Rasululloh“, „Rasuli Akram“ deb atash odat tusiga kirgan. Islom taʼlimotiga koʻra, Muhammad nomini aytgan yoki eshitgan kishi „sallalohu alayhi vasallam“ (s.a.v.) yoki „alayhissalom“ (a.s.) deb salavot aytib qoʻyish vojib hisoblanadi. Musulmonlar eʼtiqodiga koʻra, Muhammad orqali odamlarga Qurʼon nozil qilingan.

Quraysh qabilasining hoshimiylar urugʻiga mansub, uncha boy boʻlmagan, lekin Makka zodagonlariga yaqin oilada tugʻilgan. Muhammadning bolalik va oʻsmirlik yillari haqidagi maʼlumotlar juda kam. Muhammad goʻdakligidayoq yetim qolgan; tugʻilmasidan avval otasi Abdulloh, 6 yoshligida esa — onasi Omina vafot etgan. Muhammadni oʻz tarbiyasiga olgan bobosi Abdulmuttalib ham koʻp oʻtmay olamdan oʻtadi. Yetim bolani tarbiya qilishni amakisi Abu Tolib oʻz zimmasiga oladi. 12 yoshida Muhammad bir muddat Abu Tolibning podasini boqadi, keyin tijorat ishlariga jalb qilinadi. Abu Tolib Muhammadni 21 yoshida Huvaylid ibn Asʼadning qizi, badavlat beva ayol Xadicha xonadoniga dastyorlikka beradi. Xadichaning savdo ishlari bilan shugʻullangan Muhammad Suriyaga safar qiladi, xususan, Halab va Damashq shaharlariga boradi. Muhammad 25 yoshida (595-yil) 40 yoshlarga borib qolgan Xadichaga uylanadi. Muhammad 3 oʻgʻil (Qosim, Abdulloh, Ibrohim) va 4 qiz (Ruqayya, Zaynab, Ummu Kulsum, Fotima) farzand koʻrgan. Joriyasi Mariyadan boʻlgan Ibrohim ismli oʻgʻlidan boshqa barcha farzandlari Xadichadan edi. Oʻgʻillari goʻdakligidayoq vafot etgan. Qizlaridan Fotimagina Muhammad naslini davom ettirgan. Xadicha vafotidan soʻng Muhammad bir necha bor uylangan (lekin, Oyshadan boshqa bokira xotin olmagan), biroq ulardan farzand koʻrmagan.

Muhammad 40 yoshga toʻlganida oʻzini boshqacha seza boshlaydi. Yolgʻizlikni qoʻmsab, Makka yonidagi Hiro togʻida joylashgan gʻorga borib ibodat bilan mashgʻul boʻlar, oʻyga tolardi. Taxminan 610-yilda Muhammad Makkada oʻzining Allohdan vahiy olayotganligini eʼlon qiladi. Buni birinchilardan boʻlib Xadicha, Muhammadning amakivachchasi Ali ibn Abu Tolib hamda asrandi oʻgʻli Zayd ibn Horisa eʼtirof etib iymon keltirishgan. Koʻp oʻtmay, Makkaning eng nufuzli savdogarlaridan Abu Bakr, Zubayr, Talha, Saʼd ibn Abu Vaqqos,Usmon ibn Affon va keyinchalik Madinaning eng nufuzli savdogari boʻladigan Abdurahmon ibn Avf Muhammadni chin paygʻambar deb tan olishgan. Muhammad izdoshlari jamoasi dastlabki paytlarda 50 kishidan oshmagan. Makkaning asosiy aholisi, ayniqsa, nufuzli qurayshliklar esa Muhammad taʼlimotini ochiqdan-ochiq dushmanlik bilan qarshi olgan. Buning natijasida Muhammad tarafdorlaridan 11 xonadon Habashiston (hozirgi Efiopiya) ga koʻchib ketgan. Muhammad jamoasiga jasur jangchilar sifatida tanilgan Hamza va Umar ibn Xattobning qoʻshilishi jamoaning mavqeini oshirdi. Ayni vaqtda quraysh zodagonlarining Muhammad va uning tarafdorlariga dushmanligi yanada kuchaydi. 620-yilda Xadichaning, soʻngra Abu Tolibning vafotidan soʻng Makkada vaziyat yomonlashadi, Muhammad muayyan xatar ostida qoladi. Har yilgi anʼanaviy Makka ziyoratiga kelgan yasriblik Avs va Hazraj qabilalarining vakillari Muhammad bilan uchrashib, sodiqlik bildirishadi va yordam qilishga vaʼda berishadi, Muhammadni Yasribga koʻchib borishga daʼvat qilishadi. Avval Muhammadning izdoshlari (asʼhoblar) oʻz oilalari bilan quraysh zodagonlaridan maxfiy ravishda guruh-guruh boʻlib koʻchadi. Oxirida Muhamadning oʻzi